BAAning Burjeel Holdings kompaniyasi O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov BAAning Burjeel Holdings kompaniyasi bosh direktori Safihr Ahmad bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida kompaniya rahbariyatiga O‘zbekistonning qulay investitsiya muhiti haqida maʼlumot berildi. Xususan, soliq imtiyozlari, preferensiyalar, investor manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik kafolatlari, shuningdek, ichki va mintaqaviy bozorlarning jozibador imkoniyatlari taqdim etildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
2007 yilda tashkil etilgan Burjeel Holdings kompaniyasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik xususiy tibbiyot operatorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, u 17 mingdan ortiq xodimga ega va umumiy aktivlari 2,5 milliard dollarga baholanadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov BAAning Burjeel Holdings kompaniyasi bosh direktori Safihr Ahmad bilan uchrashdi.