Astanada “Markaziy Osiyo – Italiya” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 30 may kuni Astana shahrida tarixda birinchi marta “Markaziy Osiyo – Italiya” formatidagi sammit bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir doirasida mintaqa davlatlari va Italiya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, siyosiy sohadagi hamkorlik, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek madaniyat, taʼlim va gumanitar almashinuv yo‘nalishlarida sheriklikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuni ham qayd etish kerakki, ushbu sammit arafasida Italiya Bosh vaziri Jorjiya Melonining 28–29 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi belgilangan.
Bosh vazirning tashrifi doirasida Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.