AQSH va O‘zbekiston Vashingtondagi uchrashuvda strategik sheriklikni tasdiqladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau Vashingtonda O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Amerika tomoni O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi hamda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashga sodiqligini taʼkidladi.
Davlat kotibi o‘rinbosari Landau O‘zbekistonning ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, xususan, fuqarolik atom energetikasi, muhim strategik xomashyolar, shuningdek, keng qamrovli iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar sohalaridagi saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.
U, shuningdek, noqonuniy migratsiya va terrorizm xavflariga qarshi kurashishda O‘zbekiston bilan barqaror hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etdi.