APEX INSURANCE O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Bosh sug‘urta hamkoriga aylandi
APEX INSURANCE O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Bosh sug‘urta hamkoriga aylandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va APEX INSURANCE o‘rtasida strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, APEX INSURANCE Assotsiatsiyaning Bosh sug‘urta hamkori maqomini oldi.
Hamkorlik doirasida milliy terma jamoa, professional klublar, murabbiylar va tibbiy shtab aʼzolari kompleks sug‘urta himoyasi bilan taʼminlanadi. Shuningdek, kelishuv futbol infratuzilmasini rivojlantirish, o‘tkazilayotgan musobaqalar saviyasini oshirish hamda o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ham o‘z ichiga oladi.
Terma jamoamiz Jahon chempionati saralashining muhim pallasida turgani inobatga olsak, mazkur hamkorlikni futbolni tizimli rivojlantirish yo‘lidagi izchil qadam sifatida baholash mumkin.
Asosiy maqsad - sportchilar va murabbiylar uchun xavfsiz professional muhitni shakllantirish. Shunda jamoa bor kuch va mahoratini faqat tayyorgarlik jarayoni hamda yangi marralarni zabt etishga to‘liq safarbar eta oladi.