Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 04/08/2025 Andijonda erkak sobiq qaynotasining mashinasini yoqib yubordi

Andijonda erkak sobiq qaynotasining mashinasini yoqib yubordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda avtomashina yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga ko‘ra, hodisa tungi soat 01:28 atrofida Andijon tumanidagi “Zangibobo” mahallasidagi Uchko‘prik ko‘chasi, 48-uy yonida sodir bo‘lgan. Xonadon egasining so‘zlariga ko‘ra, uning hovli oldida turgan Nexia-2 rusumli avtomobili sobiq kuyovi tomonidan oilaviy nizo tufayli yoqib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan gumonlanuvchi shahsga nisbatan JKning 173-moddasi(Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling