Andijonda erkak 50 dan ortiq YHQ buzilishlarini qayd etuvchi kameralarni buzgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon shahrida yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini qayd etuvchi 50 dan ortiq kamerani shikastlagan erkak qo‘lga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 52 ta radar kamerasining yo‘q qilingani haqida sensatsion sarlavhali video tarqalgan edi. Tekshiruvlar natijasida ushbu maʼlumotlar qisman tasdiqlandi — voqea tafsilotlari boshqacharoq bo‘lib chiqdi.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 48 yoshli fuqaro M.S. hech kimning ruxsatisiz 51 ta Hikvision markasini foto va video qayd etish tizimini hamda 1 ta xuddi shu markadagi radar majmuasini uyushtirilgan tarzda ishdan chiqargan. Ushbu uskunalar xususiy TELECOM SOFT kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Andijonning 29 ta chorrahasiga o‘rnatilgan edi.
M.S. bu harakatlarni amalga oshirish uchun SRKET markali pnevmatik miltiqdan foydalangan. Sud ekspertizasiga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 1,1 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Shu munosabat bilan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.