Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 Aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlari samarali himoya qilinadi

Aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlari samarali himoya qilinad

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Aholiga kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda aholiga kafolatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ko‘rilayotgan aniq choralar tufayli birlamchi va malakali tibbiy xizmatlar aholining keng qatlamlariga kirib bormoqda. Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 18 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari hamda 2104 ta mahallada tibbiyot punkti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qo‘shimcha tibbiy yordam ko‘rsatishni huquqiy tartibga solish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan normalar belgilanyapti.

Shuningdek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmida belgilanganidan ortiqcha tibbiy yordam va boshqa xil qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek, oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasi bo‘lmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilgan fuqarolarga pullik asosda tibbiy yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

Ushbu qonunning 41-moddasiga esa tibbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlaganlik to‘g‘risida diplom olgan shaxslarga mavjud malaka toifasini olish tizimi ichida avtomatik tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini samarali himoya qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida fuqarolarga qo‘shimcha tibbiy yordam va oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri pullik asosda tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi vaSenatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling