Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“Aeroflot” Samarqand – Moskva reysini tikladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi “Aeroflot” Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga parvozlarni qayta tikladi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti xabar berdi.
Samarqand – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi: dushanba, juma va shanba kunlari.
Samarqanddan parvoz mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da amalga oshiriladi, Moskvadagi Sheremetyevo aeroportiga yetib kelish vaqti — 09:20. Parvoz davomiyligi 4 soat 20 daqiqani tashkil etadi.