Valyuta kurslari 05/08/2025
$1 – 12621.29
UZS – -0,82%
€1 – 14596.52
UZS – 0,61%
₽1 – 158.44
UZS – -0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 05/08/2025 Adliya vazirligi Toshkentdagi bar va restoranlarni “Setanta Sports” telekanali noqonuniy efirga uzatilayotgani uchun ogohlantirdi

Adliya vazirligi Toshkentdagi bar va restoranlarni “Setanta Sports” telekanali noqonuniy efirga uzatilayotgani uchun ogohlantirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi tomonidan “EURASIAN BROADCASTING ENTERPRISE LIMITED” kompaniyasiga (Buyuk Britaniya) tegishli “Setanta Sports” kanallari ruxsatsiz ommaviy tarzda namoyish etilishi yuzasidan qonuniy chora ko'rish to'g'risidagi murojaat ko'rib chiqildi.

Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra “Setanta Sports” kanallari “Bavaria plaza”, “Guten”, “Dudek”, “Мята”, “Brasserie” va “Woodu” umumiy ovqatlanish joylarida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs ruxsatisiz foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan ushbu subyektlar qonunchilikda belgilangan tartibda ogohlantirildi.

Qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Adliya vazirligi barcha umumiy ovqatlanish korxonalarini efirga uzatishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling