Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
4 oyda 440,6 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 440,6 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 75,4 ming tonnaga oshgan.
Chaqiq tosh ishlab chiqarish dinamikasi o‘tgan yillarning mos davrida quyidagicha, (yanvar-aprel):
2023 yilda – 324,2 ming tonna
2024 yilda – 365,2 ming tonna
2025 yilda – 440,6 ming tonna