2026 yildan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari uch yilga belgilanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yildan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari kamida uch yil muddatga belgilab qo‘yiladi. Mazkur tartib 2025 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Bu hukumatning "Yoqilg‘i-energetika sohasida tarif siyosatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2035 yilga qadar barcha hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yagona tarif siyosati bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun bazaviy tariflar va kompensatsiyalar mexanizmi amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i-energetika sohasida yangi tarif siyosati prinsiplari haqida 2024 yil iyun oyida maʼlum qilingan edi. Bungacha elektr energiyasi va gaz narxi bir yilda ikki martagacha qayta ko‘rib chiqilar edi.