2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi qariyb 49 foizga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda taxminan 5,3 million xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 million nafarga yoki 48,9 foizga ko‘pdir.
Tashrif buyurganlar orasida eng katta ulush qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida kelgan mehmonlarga to‘g‘ri keldi — 3 596 799 kishi.
Dam olish maqsadida sayohat qilganlar soni 783 696 nafarni tashkil etdi, xizmat safari bilan kelganlar — 594 023 kishi, tijorat maqsadlarida kelganlar — 223 581 nafar.
Davolanish uchun O‘zbekistonga 48 557 xorijiy fuqaro, o‘qish uchun esa 9 546 kishi tashrif buyurdi.