Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 1,15 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 151,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga oshgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xo‘jaliklarida – 463,9 ming tonna
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 661,3 ming tonna
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 26,1 ming tonna