2025 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 yengil avtomobil sotilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 147 yengil avtomobil sotilgan, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” kompaniyasi.
Savdo bo‘yicha yetakchi UzAuto Motors bo‘lib, u 12 525 ta avtomobil sotgan, bu esa umumiy hajmning 56,5%ini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinni 4 643 ta avtomobil sotgan Khorezm Auto egalladi, bu esa bozorning 21%iga teng.
Uchinchi o‘rinda 3 165 ta avtomobil (14,3%) sotgan ADM Jizzakh joylashdi.
BYD Uzbekistan Factory zavodi esa 1 663 ta avtomobil sotib, umumiy bozorning 7,5% ulushiga ega bo‘ldi.
Asaka Motors, SamAuto va Jizzakh Auto mos ravishda 105, 28 va 18 ta avtomobil sotdi, bu esa bozor ulushining 1%idan kamrog‘ini tashkil etadi.
Brendlar bo‘yicha Chevrolet 17 168 ta sotilgan avtomobil bilan mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda.
Ikkinchi o‘rinda 2 007 ta sotilgan avtomobil bilan KIA joylashdi, uchinchi o‘rinni esa 1 663 ta avtomobil sotgan BYD egalladi.
Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Modellar orasida eng ko‘p sotilgani Chevrolet Cobalt bo‘lib, u 9 227 nusxada sotildi.
Ikkinchi o‘rinni Chevrolet Damas 3 755 ta sotuv bilan egalladi, uchinchi o‘rin esa Chevrolet Tracker‘ga tegishli bo‘lib, u 1 810 ta sotildi.
Ilk o‘ntalikka quyidagi modellar ham kirdi: