Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2025 yil 1 apreldan O‘zbekistonda isitish uchun tabiiy gaz isteʼmol qilish meʼyori kamaytirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 apreldan O‘zbekistonda isitish mavsumi uchun belgilangan tabiiy gazning bazaviy isteʼmol meʼyori 500 kub metrdan 100 kub metrga tushiriladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” kompaniyasi xabar bermoqda.
Ushbu qaror 2024 yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori asosida qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq, meʼyorni o‘zgartirish mart oyida amalga oshirilishi lozim edi.
Biroq, mart oyidagi sovuq havo va past haroratlar sababli, Prezident topshirig‘iga asosan 500 kub metrlik meʼyorni 2025 yil 1 aprelga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.