Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
2024 yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida 926,4 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
O‘zbekistonda turli yillarda qayd etilgan tug‘ilishlar soni quyidagicha bo‘lgan:
1991 yil — 723,4 ming nafar
1995 yil — 678 ming nafar
2000 yil — 527,6 ming nafar
2005 yil — 533,5 ming nafar
2010 yil — 634,8 ming nafar
2015 yil — 734,1 ming nafar
2020 yil — 841,8 ming nafar
2024 yil — 926,4 ming nafar
Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda aholi soni o‘sishda davom etayotganini va demografik o‘sish surʼati barqarorligini ko‘rsatmoqda.