1 iyundan boshlab shahar ichida yo‘l taʼmiri va chiziq chizish ishlarini faqat tungi vaqtda o‘tkazishga ruxsat beriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —1 iyundan boshlab shaharlar avtomobil yo‘llarida taʼmirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
Taʼmirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi — yo‘llardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oshiriladi.
Bu o‘zgarish fuqarolarning kundalik ishga borish-kelish, farzandini maktabga olib borish yoki shifoxonaga yetib olishni osonlashtirish bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelishini oldini oladi.